9-tom, 1-son, b. 53–56, Nashr: 2026-09-08
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ СТУДЕНТОВ В ЦИФРОВОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ
METHODOLOGY FOR DEVELOPING STUDENTS’ INDEPENDENT LEARNING COMPETENCIES IN A DIGITAL EDUCATIONAL ENVIRONMENT
- Ibrohimova Sunbula Asilbek qizi — Osiyo Xalqaro Universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya
Maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ta’lim kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik mazmuni va metodik asoslari yoritilgan. Oliy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish talabalarga ta’lim resurslarini mustaqil izlash, tanlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirayotgan bo‘lsa-da, raqamli vositalarning mavjudligi talabaning mustaqil ta’lim kompetensiyasi shakllanganligini anglatmaydi. Mazkur muammo raqamli resurslardan foydalanish imkoniyati bilan talabaning o‘z o‘quv faoliyatini mustaqil tashkil etishi, boshqarishi, nazorat qilishi va baholashi o‘rtasidagi metodik bog‘liqlikni ta’minlash zarurati bilan belgilanadi. Ushbu muammoni hal etish maqsadida raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ta’lim kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodika ishlab chiqilgan. Metodika raqamli resurslardan maqsadli foydalanish, mustaqil topshiriqlarni bajarish, axborotni izlash va tahlil qilish, olingan natijalarni mezonlar asosida nazorat qilish hamda o‘z faoliyatini refleksiv baholashning o‘zaro bog‘liq mazmunini qamrab oladi. Unda maqsadlilik, faoliyatga yo‘naltirilganlik, individuallashtirish va refleksivlik asosiy metodik tamoyillar sifatida belgilanadi. Taklif etilgan metodika talabaning raqamli vositalardan foydalanish ko‘nikmasini uning mustaqil o‘quv faoliyatini rejalashtirish, boshqarish va takomillashtirish kompetensiyalari bilan bog‘lashga xizmat qiladi.
Аннотация
В статье раскрываются педагогическое содержание и методические основы развития компетенций самостоятельного обучения студентов в цифровой образовательной среде. Использование цифровых технологий в высшем образовании расширяет возможности студентов самостоятельно искать, отбирать, обрабатывать и использовать образовательные ресурсы, однако наличие цифровых средств само по себе не свидетельствует о сформированности компетенции самостоятельного обучения. Данная проблема определяется необходимостью установления методической взаимосвязи между доступом к цифровым ресурсам и способностью студента самостоятельно организовывать, управлять, контролировать и оценивать собственную учебную деятельность. Для решения этой проблемы разработана методика развития компетенций самостоятельного обучения студентов в цифровой образовательной среде. Методика включает целенаправленное использование цифровых ресурсов, выполнение самостоятельных заданий, поиск и анализ информации, контроль результатов на основе критериев и рефлексивную оценку собственной деятельности. В качестве основных методических принципов определены целенаправленность, деятельностная направленность, индивидуализация и рефлексивность. Предлагаемая методика направлена на взаимосвязь авыков использования цифровых средств с компетенциями самостоятельного планирования, управления и совершенствования учебной деятельности студентов.
Abstract
The article examines the pedagogical content and methodological foundations of developing students’ independent learning competencies in a digital learning environment. The use of digital technologies in higher education expands students’ opportunities to independently search for, select, process and use educational resources; however, the availability of digital tools does not itself indicate the formation of independent learning competence. The problem is associated with the need to establish a methodological relationship between access to digital resources and students’ ability to independently organize, manage, monitor and evaluate their learning activities. To address this problem, a methodology for developing students’ independent learning competencies in a digital learning environment has been developed. The methodology integrates purposeful use of digital resources, independent tasks, information search and analysis, criteria-based monitoring of learning outcomes, and reflective evaluation of students’ own activities. Purposefulness, activity orientation, individualization and reflexivity are defined as the main methodological principles. The proposed methodology contributes to connecting students’ ability to use digital tools with competencies in planning, managing and improving their independent learning activities.
Kalit so'zlar: raqamli ta’lim muhiti, mustaqil ta’lim, mustaqil ta’lim kompetensiyasi, talaba, raqamli resurs, mustaqil o‘quv faoliyati, raqamli topshiriq, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya, individuallashtirish, metodika
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentab
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni. 2019-yil 8-oktabr
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni. 2020-yil 5-oktabr
- Sharopova Z.F. Ta’lim texnologiyalari. - Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 2019.
- Yuldashev E.S. Yunogogika. Darslik. - Qo‘qon: “ART PRESS”, 2024. - 262 b.
- Fayziyeva M. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt. Darslik. - Toshkent: Lesson press, 2023. - 198 b.
- Umarov I.S. Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik sharoitlarini raqamlashtirish asosida takomillashtirish (kredit-modul tizimi misolida). Avtoreferat. - 2025.