11-tom, 1-son, b. 190–195, Nashr: 2026-11-05

XXI ASR O‘ZBEK BOLALAR SHE’RIYATIDA BOLA QAHRAMONINING SUBYEKTIV FAOLLASHUVI VA POETIK INDIVIDUALLIGI

  • Uzaqova Lola Abdurashitovna — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti v,b., falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (Anvar Obidjon va Dilshod Rajab she’riyati misolida) · ORCID: 0009-0006-0060-2708

DOI: 10.67780/buxoro-xalqaro-universiteti-ilmiy-axborotnomasi.2026.2672b436

To'liq matn (PDF)

Annotatsiya

Maqolada XXI asr o‘zbek bolalar she’riyatida bola qahramoni talqinining badiiy-poetik xususiyatlari Anvar Obidjon va Dilshod Rajab ijodi misolida tadqiq etiladi. Bola obrazining mustaqil fikrlovchi, voqelikka shaxsiy munosabat bildiruvchi, savol qo‘yuvchi, tashabbus ko‘rsatuvchi va ijodiy tafakkurga ega badiiy subyekt sifatida namoyon bo‘lish mexanizmlari o‘rganiladi. Anvar Obidjonning O‘g‘irlangan pahlavon to‘plamidagi “Masxaraboz bola”, “Birinchi maqtov”, “Osmondan tushgan sozanda”, “Olmazorga hujum” she’rlari hamda Dilshod Rajabning Baxshi bola - yaxshi bola to‘plamidagi “Uchqunbekning savollari”, “So‘z o‘yini - zo‘r o‘yin”, “Shikoyat daftari” turkumlari materiallari asosida qahramonning nutqiy, tafakkuriy, xulqiy va ijodiy faolligi tahlil qilinadi. Qiyosiy tahlil natijasida zamonaviy bola qahramonining poetik individualligini shakllantiruvchi badiiy belgilar tizimi aniqlanadi. Bola obrazining yangilanishi mavzuviy o‘zgarish bilangina emas, balki uning badiiy matndagi subyektiv maqomi va mazmun yaratishdagi ishtiroki bilan belgilanishi asoslanadi.

Аннотация

В статье исследуются художественно-поэтические особенности трактовки образа ребёнка в узбекской детской поэзии XXI века на материале творчества Анвара Обиджона и Дилшода Раджаба. Рассматриваются механизмы формирования ребёнка как самостоятельного художественного субъекта, способного выражать собственное отношение к действительности, задавать вопросы, проявлять инициативу и демонстрировать творческое мышление. На материале стихотворений из сборника O‘g‘irlangan pahlavon Анвара Обиджона и сборника Baxshi bola - yaxshi bola Дилшода Раджаба анализируются речевая, познавательная, поведенческая и творческая активность героя. В результате сравнительного анализа определяются художественные признаки, формирующие поэтическую индивидуальность современного детского персонажа.

Abstract

This article examines the artistic and poetic features of the child hero in twenty-first-century Uzbek children's poetry, focusing on the works of Anvar Obidjon and Dilshod Rajab. It explores the mechanisms through which the child is represented as an independent artistic subject capable of expressing personal attitudes, asking questions, taking initiative, and demonstrating creative thinking. Selected poems from Anvar Obidjon's O‘g‘irlangan pahlavon and Dilshod Rajab's Baxshi bola - yaxshi bola are analyzed in terms of verbal, cognitive, behavioral, and creative agency. The comparative analysis identifies the artistic features that shape the poetic individuality of the contemporary child character. The article argues that the transformation of the child hero is determined not merely by thematic changes but also by the character's subjective position and participation in the creation of poetic meaning.

Kalit so'zlar: o‘zbek bolalar she’riyati, bola qahramoni, subyektiv faollashuv, poetik individuallik, mustaqil fikrlash, nutqiy faollik, ijodiy tafakkur, yumor, qiyosiy tahlil, Anvar Obidjon, Dilshod Rajab

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Obidjon A. O‘g‘irlangan pahlavon: she’rlar, doston va ertaklar. – Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006. – 136 b.
  2. Rajab D. Baxshi bola - yaxshi bola: she’rlar, ertaklar, ssenariylar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2016. – 144 b. – ISBN 978-9943-02-931-6.
  3. Matchonov S. Dilshod Rajab she’riyatida ruhiyat talqini // Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent, 2023. – B. 65–70.
  4. Barakayev R., Ochilov E. Badiiy tasvir mahorati. – Toshkent: Muharrir, 2019.
  5. Jumaboyev M. O‘zbek bolalar adabiyoti. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.