7-tom, 1-son, b. 313–317, Nashr: 2026-08-08

TALABALIK DAVRIDA TANQIDIY FIKRLASHNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ В СТУДЕНЧЕСКОМ ВОЗРАСТЕ

FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF CRITICAL THINKING DURING THE STUDENT PERIOD

  • O‘ktamova Shohida Odilbek qizi — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteiti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, (PhD)

To'liq matn (PDF)

Annotatsiya

Mazkur maqolada talabalik davrida tanqidiy fikrlashning shakllanishi va rivojlanishining psixologik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Unda zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning mustaqil fikrlashi, axborotlarni tahlil qilish, baholash hamda asoslangan qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishning ahamiyati yoritilgan. Tanqidiy fikrlash shaxsning kognitiv faolligi, refleksiv yondashuvi, metakognitiv nazorati va intellektual mustaqilligini ta’minlovchi muhim psixologik jarayon sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy, rus va o‘zbek psixolog olimlarining tafakkur va tanqidiy fikrlashga oid ilmiy qarashlari tahlil qilinib, talabalik davrining ushbu qobiliyatni rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Tanqidiy fikrlashni shakllantirishda ta’lim muhiti, interaktiv metodlar, mustaqil izlanish, muloqot va refleksiya jarayonlarining ahamiyati ochib berilgan.

Аннотация

В данной статье с научно-теоретической точки зрения анализируются психологические особенности формирования и развития критического мышления в студенческом возрасте. Освещается значение развития у студентов способности к самостоятельному мышлению, анализу и оценке информации, а также принятию обоснованных решений в условиях современного образовательного процесса. Критическое мышление рассматривается как важный психологический процесс, обеспечивающий когнитивную активность личности, рефлексивный подход, метакогнитивный контроль и интеллектуальную самостоятельность. Также анализируются научные взгляды зарубежных, российских и узбекских психологов, касающиеся мышления и критического мышления, и обосновывается роль студенческого периода в развитии данной способности. Подчёркивается значение образовательной среды, интерактивных методов, самостоятельного исследования, коммуникации и рефлексии в формировании критического мышления.

Abstract

This article provides a scientific and theoretical analysis of the psychological features of the formation and development of critical thinking during the student period. It highlights the importance of developing students’ abilities for independent thinking, information analysis and evaluation, and making well-founded decisions within the modern educational process. Critical thinking is considered an important psychological process that ensures cognitive activity of the individual, a reflective approach, metacognitive control, and intellectual independence. The article also analyzes the scientific views of foreign, Russian, and Uzbek scholars on thinking and critical thinking, and substantiates the role of the student period in the development of this ability. The importance of the educational environment, interactive methods, independent research, communication, and reflection in the formation of critical thinking is emphasized.

Kalit so'zlar: tanqidiy fikrlash, talabalik davri, tafakkur, kognitiv jarayonlar, refleksiya, metakognitsiya, mustaqil fikrlash, intellektual rivojlanish, shaxs kamoloti, muammoli tafakkur, psixologik rivojlanish, kasbiy shakllanish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Abdullaeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari (Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlardagi akademik litseylarda matematika o‘qitish misolida). Ped. fan. dok ... diss. avtoref. – T., 2006. 78 b.
  2. Beruniy A.R. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. – T.: Fan. 2008. – 324 b.
  3. Богословский B.B. Модель проблемной ситуaции //Проблемы эвристики. - М., 2000– 183 c.
  4. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi. – T.: O‘zbekiston, 1999. – 30 b.
  5. Do‘stmuhamedova Sh.A.,Nishanova Z.T. va boshqalar.Yosh davrlari va pedagogik psixologiya – Toshkent: O‘qituvchi, 2013. - 343 b.
  6. G‘oziyev E.G‘.. Tafakkur psixologiyasi. – T .: O‘qituvchi, 1990. 145 b.
  7. Ivanov F.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. T .: O‘qituvchi, 2008.- 358 b.
  8. Nishonova Z.T. va b. O‘quvchilarda milliy xususiyatlarni tadqiq etishning ilmiy uslubiy asoslari. – T.: Adabiyot uchqunlari. 2018. 125 b.
  9. Рубинштейн С.Л. Фикрлаш ва уни ўрганиш усуллари. T .: Таълим 1998. – 157 b.