2-tom, 1-son, b. 149–151, Nashr: 2026-10-20
O‘ZBEKISTONDA MUSIQA TA’LIMI SOHASIDA KADRLAR SALOHIYATINI ISLOH QILISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA ILMIY-METODIK ASOSLARI
РЕФОРМИРОВАНИЕ КАДРОВОГО ПОТЕНЦИАЛА В СФЕРЕ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА: СОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И НАУЧНО-МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ
REFORMING HUMAN RESOURCE CAPACITY IN MUSIC EDUCATION IN UZBEKISTAN: MODERN PEDAGOGICAL AND SCIENTIFIC-METHODOLOGICAL FOUNDATIONS
- Absatova Gulnora Abdusalom kizi — Farg‘ona davlat universiteti, Pedagogika psixologiya va san’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi I-kurs magistiri
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda musiqa ta’limi sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish va takomillashtirishning zamonaviy pedagogik, ilmiy-metodik hamda tashkiliy asoslari tahlil qilinadi. Musiqa ta’limining sifatini belgilovchi muhim omillardan biri sifatida pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligi, metodik tayyorgarligi, raqamli savodxonligi, ijodiy salohiyati va estetik-pedagogik madaniyati masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, musiqa ta’limi tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim resurslari, kompetensiyaviy yondashuv va uzluksiz kasbiy rivojlanish mexanizmlaridan foydalanishning ilmiy-nazariy jihatlari yoritiladi. Kadrlar salohiyatini isloh qilish jarayoni nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yangilash, balki pedagogning estetik tafakkuri, ijodiy fikrlashi, milliy-madaniy qadriyatlarga munosabati hamda ta’lim jarayonini innovatsion tashkil etish qobiliyatini rivojlantirishni ham nazarda tutadi.
Аннотация
В статье анализируются современные педагогические, научно-методические и организационные основы развития и совершенствования кадрового потенциала в сфере музыкального образования Узбекистана. Особое внимание уделяется профессиональной компетентности педагогических кадров, методической подготовке, цифровой грамотности, творческому потенциалу и эстетико-педагогической культуре как важнейшим факторам качества музыкального образования. Рассматриваются научно-теоретические аспекты применения современных педагогических технологий, цифровых образовательных ресурсов, компетентностного подхода и механизмов непрерывного профессионального развития в системе музыкального образования. Реформирование кадрового потенциала предполагает не только обновление профессиональных знаний и навыков, но и развитие эстетического мышления педагога, творческого подхода, отношения к национально-культурным ценностям и способности инновационно организовывать образовательный процесс.
Abstract
This article analyzes the modern pedagogical, scientific-methodological, and organizational foundations for developing and improving human resource capacity in the field of music education in Uzbekistan. Particular attention is paid to the professional competence, methodological training, digital literacy, creative potential, and aesthetic-pedagogical culture of teachers as essential factors determining the quality of music education. The study examines the theoretical aspects of applying modern pedagogical technologies, digital educational resources, competency-based approaches, and mechanisms of continuous professional development within the music education system. Reforming human resource capacity involves not only updating professional knowledge and skills but also developing teachers’ aesthetic thinking, creative approaches, attitudes toward national and cultural values, and ability to organize the educational process through innovative methods.
Kalit so'zlar: musiqa ta’limi, kadrlar salohiyati, pedagogik kompetensiya, kasbiy rivojlanish, musiqa o‘qituvchisi, innovatsion pedagogika, raqamli ta’lim, estetik madaniyat, ijodiy salohiyat, kompetensiyaviy yondashuv, milliy qadriyatlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. - Toshkent, 2020.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida: PF-4947-son Farmon. - Toshkent, 2017.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida. - Toshkent, 2023.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. - Toshkent, 2024.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Uzluksiz ta’lim tizimida pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar. - Toshkent.
- Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2006.
- Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. - Toshkent: Iste’dod, 2008.
- Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. - Toshkent: Fan, 2006.