11-tom, 1-son, b. 60–64, Nashr: 2026-11-05

O‘ZBEK MULOQOT XULQIDA KECHIRIMLILIKNING IJTIMOIY MAQOM VA MUNOSABAT MASOFASIGA KO‘RA VOQELANISHI

РЕАЛИЗАЦИЯ ПРОЩЕНИЯ В УЗБЕКСКОМ КОММУНИКАТИВНОМ ПОВЕДЕНИИ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ СОЦИАЛЬНОГО СТАТУСА И ДИСТАНЦИИ ОТНОШЕНИЙ

THE MANIFESTATION OF FORGIVENESS IN UZBEK COMMUNICATIVE BEHAVIOR ACCORDING TO SOCIAL STATUS AND RELATIONAL DISTANCE

DOI: 10.67780/buxoro-xalqaro-universiteti-ilmiy-axborotnomasi.2026.87266aa7

To'liq matn (PDF)

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek muloqot xulqida kechirimlilikning ijtimoiy maqom va munosabat masofasiga ko‘ra voqelanish xususiyatlari lingvopragmatik, sotsiolingvistik hamda lingvomadaniy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Kechirim so‘rash va kechirim bildirish nutqiy aktlarining kommunikativ vazifalari, ularning suhbatdoshlarning ijtimoiy mavqeyi, yoshi, kasbiy maqomi, o‘zaro yaqinlik darajasi va muloqot vaziyatiga bog‘liq holda namoyon bo‘lish mexanizmlari yoritiladi. Tadqiqotda o‘zbek tilidagi «kechirasiz», «uzr», «uzr so‘rayman», «aybga buyurmaysiz», «ma’zur tutasiz», «xafa bo‘lmang» kabi birliklarning pragmatik imkoniyatlari hamda ularning rasmiy va norasmiy muloqotdagi qo‘llanish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kechirimlilikning milliy mentalitet, hurmat, andisha, hayo, kattalarga ehtirom va ijtimoiy hamjihatlik kabi qadriyatlar bilan o‘zaro aloqadorligi asoslanadi. Tahlil natijasida kechirim nutqiy aktining shakllanishida ijtimoiy maqom va kommunikativ masofa muhim pragmatik omillar ekanligi ko‘rsatiladi. Maqolada keltirilgan dialoglar lingvopragmatik tahlil uchun tuzilgan namunalar bo‘lib, empirik so‘rov natijalari sifatida talqin qilinmaydi.

Аннотация

В данной статье анализируются особенности проявления категории прощения в узбекском коммуникативном поведении в зависимости от социального статуса и межличностной дистанции на основе лингвопрагматического, социолингвистического и лингвокультурологического подходов. Рассматриваются коммуникативные функции речевых актов извинения и прощения, а также механизмы их реализации в зависимости от социального положения, возраста, профессионального статуса собеседников, степени их межличностной близости и коммуникативной ситуации. В исследовании изучаются прагматические возможности таких выражений узбекского языка, как «kechirasiz» (извините), «uzr» (простите), «uzr so‘rayman» (прошу прощения), «aybga buyurmaysiz» (не взыщите), «ma’zur tutasiz» (прошу извинить), «xafa bo‘lmang» (не обижайтесь), а также особенности их употребления в официальном и неофициальном общении. Кроме того, обосновывается взаимосвязь категории прощения с такими ценностями, как национальный менталитет, уважение, тактичность, скромность, почтительное отношение к старшим и социальная гармония. В результате анализа установлено, что социальный статус и коммуникативная дистанция являются важными прагматическими факторами, определяющими особенности реализации речевого акта извинения. Диалоги, представленные в статье, являются специально составленными примерами для лингвопрагматического анализа и не рассматриваются как результаты эмпирического опроса.

Abstract

This article examines the manifestation of apology and forgiveness in Uzbek communicative behavior depending on social status and interpersonal distance from linguistic-pragmatic, sociolinguistic, and linguocultural perspectives. It analyzes the communicative functions of apology speech acts and their dependence on participants' social positions, age, professional status, interpersonal closeness, and communicative context. Particular attention is paid to the pragmatic functions of Uzbek expressions such as “kechirasiz,” “uzr,” “uzr so‘rayman,” “aybga buyurmaysiz,” “ma’zur tutasiz,” and “xafa bo‘lmang.” The study explores the relationship between apologetic behavior and culturally significant concepts, including respect, modesty, consideration, and social harmony. The qualitative analysis suggests that social status and interpersonal distance are important factors shaping apology strategies in Uzbek communication. The dialogues used in the analysis are illustrative examples rather than collected empirical data.

Kalit so'zlar: kechirimlilik, muloqot xulqi, nutqiy akt, ijtimoiy maqom, munosabat masofasi, lingvopragmatika, sotsiolingvistika, nutq odobi, kommunikativ strategiya, milliy mentalitet, hurmat kategoriyasi

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. – 188 b
  2. Watts, R. J. (2003). Politeness. Cambridge: Cambridge University Press.
  3. Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013. – 136 b.
  4. Spencer-Oatey, H. (Ed.) Culturally Speaking: Culture, Communication and Politeness Theory. 2nd ed. London: Continuum. 2008.
  5. Haverkate, H. Speech Acts, Speakers and Hearers: Reference and Referential Strategies in Spanish. Amsterdam: John Benjamins.
  6. Mahmudov N. O‘zimiz va so‘zimiz. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1997. – 112 b.
  7. Rasulov Q. O‘zbek muloqot xulqining funksional xoslanishi: filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi. – Toshkent, 2008.
  8. Saidxonov M. Noverbal vositalar va ularning o‘zbek tilida ifodalanishi: filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 1993.