7-tom, 2-son, b. 130–133, Nashr: 2026-08-11

INKLYUZIV TA’LIMDA ASSISTIV TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI: “POWER BAND” VA “QUVVAT QO‘LQOP” QURILMALARINING AMALIY SAMARADORLIGI

РОЛЬ АССИСТИВНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ИНКЛЮЗИВНОМ ОБРАЗОВАНИИ: ПРАКТИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ УСТРОЙСТВ «POWER BAND» И «СИЛОВАЯ ПЕРЧАТКА»

THE ROLE OF ASSISTIVE TECHNOLOGIES IN INCLUSIVE EDUCATION: THE PRACTICAL EFFECTIVENESS OF THE “POWER BAND” AND “POWER GLOVE” DEVICES

  • Alimardanova Sitora Ikrom qizi — Termiz davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti, https://orcid.org/0009-0006-4843-7764
  • To‘rayev Rasul Nortojiyevich — Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, fizika-matematika fanlari nomzodi, https://orcid.org/0009-0006-4843-7764

To'liq matn (PDF)

Annotatsiya

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida assistiv texnologiyalardan foydalanishning pedagogik va amaliy ahamiyati “Power Band” hamda “Quvvat qo‘lqop” qurilmalari misolida tahlil qilingan. Ushbu qurilmalar tayanch-harakat tizimida, qo‘l va barmoqlar motorikasida qiyinchiliklari mavjud o‘quvchilarning yozish, chizish, o‘quv qurollarini ushlash, mayda buyumlar bilan ishlash hamda kundalik faoliyatlarni mustaqil bajarish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi assistiv vositalar sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada qurilmalarning ergonomik, funksional, pedagogik va psixologik imkoniyatlari, ularni ta’lim jarayoniga joriy etish bosqichlari hamda samaradorlikni baholash mezonlari yoritilgan. Tadqiqotda ilmiy manbalarni tahlil qilish, tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, pedagogik modellashtirish, funksional kuzatuv va ekspert baholash metodlaridan foydalanilgan. Tahlil natijasida mazkur qurilmalar o‘quvchining qo‘l harakatlarini barqarorlashtirish, mushak zo‘riqishini kamaytirish, topshiriqlarni bajarish davomiyligini oshirish, funksional mustaqillik va ta’lim motivatsiyasini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslangan.

Аннотация

В данной статье анализируется педагогическое и практическое значение применения ассистивных технологий в процессе инклюзивного образования на примере устройств «Power Band» и «Силовая перчатка». Данные устройства рассматриваются как вспомогательные средства, поддерживающие учащихся с нарушениями опорно-двигательного аппарата, а также с трудностями в развитии моторики рук и пальцев при письме, рисовании, удержании учебных принадлежностей, работе с мелкими предметами и самостоятельном выполнении повседневных действий. В статье раскрываются эргономические, функциональные, педагогические и психологические возможности устройств, этапы их внедрения в образовательный процесс, а также критерии оценки эффективности. В исследовании использованы методы анализа научной литературы, системного подхода, сравнительного анализа, педагогического моделирования, функционального наблюдения и экспертной оценки. На основе проведённого анализа обосновано, что данные устройства могут способствовать стабилизации движений рук учащихся, снижению мышечного напряжения, увеличению продолжительности выполнения заданий, развитию функциональной самостоятельности и учебной мотивации.

Abstract

This article analyses the pedagogical and practical significance of using assistive technologies in inclusive education through the examples of the “Power Band” and “Power Glove” devices. These devices are considered assistive tools designed to support pupils with musculoskeletal impairments and difficulties in hand and finger motor control when writing, drawing, holding educational materials, manipulating small objects, and independently performing everyday activities. The article examines the ergonomic, functional, pedagogical, and psychological potential of the devices, the stages of their implementation in the educational process, and the criteria for evaluating their effectiveness. The study employs methods of scientific literature analysis, a systems approach, comparative analysis, pedagogical modelling, functional observation, and expert evaluation. Based on the analysis, it is argued that these devices may contribute to stabilizing pupils’ hand movements, reducing muscular tension, increasing task-performance duration, and developing functional independence and learning motivation.

Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, assistiv texnologiya, “Power Band”, “Quvvat qo‘lqop”, maxsus ta’lim ehtiyojlari, qo‘l motorikasi, ergonomika, reabilitatsiya, yozuv faoliyati, funksional mustaqillik, pedagogik monitoring

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni : 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarori. – 2020-yil 13-oktabr.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 638-son qarori. – 2021-yil 12-oktabr.
  4. Guidelines for Inclusion: Ensuring Access to Education for All / UNESCO. – Paris : UNESCO, 2005.
  5. Global Education Monitoring Report 2020: Inclusion and Education: All Means All / UNESCO. – Paris : UNESCO, 2020.
  6. Florian L. The SAGE Handbook of Special Education / L. Florian. – London : SAGE Publications, 2014.
  7. Rose D. H. Teaching Every Student in the Digital Age: Universal Design for Learning / D. H. Rose, A. Meyer. – Alexandria : ASCD, 2002.
  8. Cook A. M. Assistive Technologies: Principles and Practice / A. M. Cook, J. M. Polgar. – 4th ed. – St. Louis : Elsevier, 2015.
  9. Bryant D. P. Assistive Technology for People with Disabilities / D. P. Bryant, B. R. Bryant. – Boston : Pearson, 2012.
  10. Blackhurst A. E. Perspectives on Applications of Technology in the Field of Learning Disabilities / A. E. Blackhurst // Learning Disability Quarterly. – 2005. – Vol. 28, № 2. – P. 175–178.