9-tom, 1-son, b. 208–210, Nashr: 2026-09-13
BO‘LAJAK O’QITUVCHILARNING NOSTANDART TA’LIM SHAROITIDA KASBIY-INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA METODIK TIZIMI
ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ И МЕТОДИЧЕСКАЯ СИСТЕМА РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНО-ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ В УСЛОВИЯХ НЕСТАНДАРТНОГО ОБУЧЕНИЯ
PEDAGOGICAL AND METHODOLOGICAL SYSTEM FOR DEVELOPING THE PROFESSIONAL AND INNOVATIVE ACTIVITY OF FUTURE TEACHERS IN NON-STANDARD EDUCATIONAL SETTINGS
- Ramazonova Salomat Saidovna — Osiyo xalqaro universiteti katta o’qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning nostandart ta’lim sharoitida kasbiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirishning pedagogik va metodik tizimi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida yuz berayotgan raqamli transformatsiya, ta’lim shakllarining diversifikatsiyalashuvi, masofaviy va aralash ta’limning kengayishi, sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga kirib kelishi hamda turli kutilmagan pedagogik vaziyatlar bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligiga yangicha talablarni qo‘ymoqda. Maqolada “nostandart ta’lim sharoiti”, “kasbiy-innovatsion faoliyat” tushunchalarining mazmun-mohiyati aniqlashtirilib, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirishning maqsadli, mazmunli, tashkiliy-faoliyatli va diagnostik-natijaviy komponentlardan iborat pedagogik tizimi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, mazkur jarayonni samarali tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, metodik ta’minoti, bosqichlari, shakl va metodlari hamda baholash mezonlari yoritilgan. Tadqiqot natijasida nostandart ta’lim vaziyatlarida mustaqil qaror qabul qilish, pedagogik muammolarni kreativ hal etish, raqamli vositalardan samarali foydalanish, innovatsiyalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish bo‘lajak o‘qituvchining muhim kasbiy sifatlari ekanligi asoslangan. Pedagogik innovatsiyalarning mazmuni, uni qo‘llash metodlarini bo‘lajak pedagoglar tajribasiga singdirish muhim ahamiyatga ega. Ta'lim muassasasi hayotiga nostandart yondashuv asosida pedagogik innovatsiyalarni keng ko‘lamda olib kirish uchun unda yangilik muhitini yaratish, muayyan axloqiy psixologik holatni shakllantirish, tashkiliy, metodik, psixologik xarakterdagi metodlarni qo‘llash talab etiladi. Shu maqsadda bo‘lajak o’qituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish, o‘z faoliyatlari davomida pedagogik innovatsiyalarni izchil qo‘llab borishi, innovatsion usullarni tahlil va tatbiq qilishga o‘rgatish vazifasini qo‘yish lozim. Innovatsion metodlar ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadigan ta’lim vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qo‘llaniladigan boshqa ta’lim-tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llash uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qurollar, tasviriy san’at asarlari, ommaviy axborot vositalari va psixologik treninglar. Bo‘lajak o’qituvchilarning innovatsion ta'limiy faoliyatga to‘laqonli tayyorlashdan maqsad - ularning kreativligini, yangilikka intiluvchanligini, muntazam ilmiy izlanish va mustaqil o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi ta'limiy texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, mashq'ulot va undan tashqari ishlarni o‘tkazish malakasini takomillashtirish pedagogik texnologiyalardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Darhaqiqat innovatsion faoliyat - bu ilmiy izlanishlar, yangiliklar, loyihalar yaratish, tajriba - sinov ishlari olib borish yoki pedagogik texnologiyalarga tayangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan loyihalar yaratishdir.
Аннотация
В статье научно-теоретически обоснована педагогическая и методическая система развития профессионально-инновационной деятельности будущих учителей в нестандартных условиях обучения. Определены сущность понятий «нестандартные условия обучения» и «профессионально-инновационная деятельность», разработана система, включающая целевой, содержательный, организационно-деятельностный и диагностико-результативный компоненты. Особое внимание уделено педагогическим условиям, методическому обеспечению, этапам формирования профессионально-инновационной деятельности, современным образовательным технологиям и критериям оценки ее сформированности. Важно внедрить в опыт будущих педагогов содержание педагогических инноваций и способы их применения. Для того чтобы на основе нестандартного подхода масштабно привнести педагогические инновации в жизнь образовательного учреждения, необходимо создать среду инноваций, сформировать определенное морально-психологическое состояние, применять методы организационного, методического, психологического характера. Для этого необходимо развивать творческие функции будущих педагогов, последовательно поддерживать педагогические инновации в их деятельности, учить их анализировать и внедрять инновационные методы. Инновационные методы – это образовательные средства, выступающие как компонент образовательного процесса. Существуют и другие образовательные инструменты, которые тесно связаны с этими методами и используются вместе. Например, для эффективного применения методов необходимы наглядные пособия, изобразительное искусство, средства массовой информации и психологическая подготовка. Целью полноценной подготовки будущих педагогов к инновационной образовательной деятельности является формирование у них творческих, новаторских, регулярных научных исследований и навыков и компетенций самостоятельной работы, повышение их компетентности в проведении учебной и иной деятельности с использованием новых образовательных технологий, интерактивных методов, а также научить их правильно использовать педагогические технологии. По сути, инновационная деятельность – это научные исследования, инновации, создание проектов, экспериментов-испытаний или создание нового технологического процесса или новых усовершенствованных проектов на основе педагогических технологий.
Abstract
This article provides a scientific and theoretical substantiation of the pedagogical and methodological system for developing future teachers’ professional and innovative activity in non-standard educational conditions. The concepts of “non-standard educational conditions” and “professional-innovative activity” are clarified. A pedagogical system consisting of target, content, organizational-activity and diagnostic-result components is proposed. The study also identifies pedagogical conditions, methodological tools, stages, forms and methods for developing future teachers’ ability to adapt to changing educational environments, solve pedagogical problems creatively, use digital technologies effectively and implement innovative ideas in professional practice. It is important to inculcate the content of pedagogical innovations and the methods of its application into the experience of future pedagogues. In order to bring pedagogical innovations to the life of an educational institution on a large scale based on a non-standard approach, it is necessary to create an environment of innovation, to form a certain moral and psychological state, and to apply methods of an organizational, methodical, psychological nature. For this purpose, it is necessary to develop the creative functions of future pedagogues, consistently support pedagogical innovations during their activities, and teach them to analyze and implement innovative methods. Innovative methods are educational tools that appear as a component of the educational process. There are other educational tools that are closely related to the methods and are used together. For example, visual aids, visual arts, mass media, and psychological training are necessary for effective application of the methods. The purpose of full preparation of future pedagogues for innovative educational activity is to train their creativity, innovation, regular scientific research and independent self-work skills and competences, to improve their competence to conduct training and other activities using new educational technologies, interactive methods, and to teach them to use pedagogical technologies appropriately. In fact, innovative activity is scientific research, innovation, project creation, experiment-testing or creation of a new technological process or new improved projects based on pedagogical technologies.
Kalit so'zlar: bo‘lajak o‘qituvchi, nostandart ta’lim sharoiti, kasbiy faoliyat, innovatsion faoliyat, kasbiy-innovatsion kompetensiya, pedagogik tizim, metodik tizim, pedagogik innovatsiya, raqamli ta’lim, kreativlik, refleksiya, adaptivlik
Foydalanilgan adabiyotlar
- Najmiddinova S. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirish mohiyati. 2025.
- Olimov, T. H. (2019). SPIRITUAL AND MORAL ASPECTS OF THE FORMATION OF CIVIL CULTURE IN FUTURE SPECIALISTS OF HIGHER EDUCATION. Theoretical & Applied Science, (12), 662-665.
- Ramazonova S.S. (2025). Bo‘lajak pedagogoglarni nostandart yondashuv asosida ta’limda yangi mazmun, shakl va metodlarni ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish. "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali, - Buxoro, №2. 62-66- betlar
- Ramazonova S.S. (2025). Bo‘lajak pedagogoglarni nostandart yondashuv asosida innovatsion faoliyatga tayyorlashning tashkiliy shakllari. “Osiyo xalqaro universiteti axborotnomasi” ilmiy- nazariy va metodik jurnal, - Buxoro, №3, (13 00 00 №19) 97-104- betlar
- Ramazonova S.S. (2025). Bo‘lajak pedagoglarni nostandart dars o‘tish ko‘nikmalarini shakllantirishda amaliy kompetensiyalarining ahamiyati “Osiyo xalqaro universiteti axborotnomasi” ilmiy- nazariy va metodik jurnal, - Buxoro,4-son,(130000№19) 142-149-betlar
- Ramazonova S.S. (2025). Bo‘lajak pedagogoglarni nostandart dars o‘tish ko‘nikmalarini shakllantirishda amaliy kompetensiyalarning ahamiyati. "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali, -Buxoro, №4, (13 00 00 №21) 167- 169-betlar