11-tom, 1-son, b. 225–229, Nashr: 2026-11-08
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA INKLYUZIV TA’LIMNI AMALGA OSHIRISHGA KASBIY-PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ПРАКТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ГОТОВНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ К РЕАЛИЗАЦИИ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS FOR DEVELOPING THE PROFESSIONAL AND PSYCHOLOGICAL READINESS OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS TO IMPLEMENT INCLUSIVE EDUCATION
- Toyirova Nazokat Moxirovna — Osiyo xalqaro universiteti o‘qituvchisi
DOI: 10.67780/buxoro-xalqaro-universiteti-ilmiy-axborotnomasi.2026.188291d6
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv ta’limni amalga oshirishga tayyorligini rivojlantirishning mavjud holati, mazkur jarayonning pedagogik, psixologik va metodik jihatlari tahlil qilingan. Inklyuziv ta’limni rivojlantirishning davlat siyosati darajasidagi ustuvor yo‘nalishlari, uning huquqiy-me’yoriy asoslari hamda boshlang‘ich ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarning individual xususiyatlari, ularni umumiy ta’lim jarayoniga jalb etishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy, psixologik va metodik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar ochib berilgan. Maqolada eshitish, ko‘rish, nutq, tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq nuqsonlari, ruhiy rivojlanishida sustlik, autistik spektr buzilishlari va boshqa alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladigan pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan. Bo‘lajak o‘qituvchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash zarurati asoslangan. Bundan tashqari, pedagogik ta’lim jarayonida maxsus pedagogika, psixologiya, logopediya, korreksion pedagogika va assistiv texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni integratsiyalash, keys-stadi, trening, simulyatsion mashg‘ulotlar va pedagogik vaziyatlarni modellashtirishdan foydalanishning metodik imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
Аннотация
В статье анализируется современное состояние развития готовности будущих учителей начальных классов к реализации инклюзивного образования, рассматриваются педагогические, психологические и методические аспекты данного процесса. Освещаются приоритетные направления развития инклюзивного образования на уровне государственной политики, его нормативно-правовые основы и значение в системе начального образования. Раскрываются индивидуальные особенности обучающихся с особыми образовательными потребностями, а также требования к профессиональной, психологической и методической подготовке будущих учителей начальных классов. Особое внимание уделяется педагогическим подходам к работе с детьми, имеющими нарушения слуха, зрения, речи, опорно-двигательного аппарата, задержку психического развития, расстройства аутистического спектра и другие особые образовательные потребности. Обосновывается необходимость обеспечения взаимосвязи теоретических знаний и практических умений в процессе профессиональной подготовки будущих педагогов. Рассматриваются методические возможности интеграции знаний по специальной педагогике, психологии, логопедии, коррекционной педагогике и ассистивным технологиям посредством кейс-метода, тренингов, моделирования педагогических ситуаций и симуляционных занятий.
Abstract
This article analyzes the current state of developing future primary school teachers’ readiness to implement inclusive education, focusing on its pedagogical, psychological and methodological aspects. It examines the priority directions of inclusive education as a component of state policy, its legal and regulatory foundations, and its significance in the primary education system. The article also discusses the individual characteristics of learners with special educational needs and the professional, psychological and methodological requirements for primary school teachers involved in inclusive educational processes. Particular attention is paid to pedagogical approaches used when working with children with hearing, visual, speech and physical disabilities, developmental delays, autism spectrum disorders and other special educational needs. The necessity of establishing a strong relationship between theoretical knowledge and practical skills in the professional preparation of future teachers is substantiated. Furthermore, the article highlights the methodological potential of integrating knowledge of special education, psychology, speech therapy, corrective pedagogy and assistive technologies into teacher education through case studies, training sessions, simulated lessons and pedagogical situation modelling.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, kasbiy tayyorgarlik, alohida ta’lim ehtiyojlari, individual yondashuv, maxsus pedagogika, psixologik tayyorgarlik, metodik kompetensiya, ta’lim muhiti, pedagogik moslashtirish
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF- 4947-son Farmoni. – Toshkent, 2017-yil 7-fevral.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 2017-yil 6-aprel, 187-sonli qarori. Elektron manba: www.lex.uz/doks/
- Madatov I.Y Inklyuziv ta’lim. Darslik. – Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali, 2024.
- Goipova N.B Inklyziv ta’lim. Gospital pedagogika. Darslik.– Namangan, 2024.
- Kaxarova D.S.Inklyuziv ta’limni takomillashtirish. O‘quv qo‘llanma.– Buxoro, 2021.
- Qodirova F.U, Pulatova D.A Inklyuziv ta’lim. Darslik.– Toshkent, 2024.
- Mokhirovna, T.N. (2024). Issues of Adapting Children with Disabilities to General Schools. American Journal of Education and Evaluation Studies, 1(9), 434–436.